1950-yillarda paydo bo'lgan 25-kadr tushunchasi o'sha davrda ilmiy inqilob kabi qabul qilingan edi. Bu tushunchaning zamirida esa oddiy texnik va ilmiy asoslar yotadi.
Kinofilmlar uchun soniyada 24 kadr (FPS) standarti 1920-yillarda, kinoga ovoz kiritilgan paytda belgilangan. Muhandislar quyidagi sabablarga ko'ra 24 FPS ni tanlagan:
- Uzluksiz harakat: 24 FPS ko‘zimizga uzluksiz harakatni tabiiydek ko‘rsatish uchun yetarli tezlikdir.
- Xarajatlar: 24 FPS qimmatbaho kinolenta xarajatlarini kamaytirgan holda, tasvir sifatini maksimal darajada oshirish imkonini beradi.
- Audiotrek mosligi: 24 FPS filmlarning audiotreklariga mukammal mos keladi.
Bu standart kinoteatrlarda ko‘rayotgan kadrlardagi ravonlik va tabiiylik effektini yaratadi. Aslida esa hamma gap kadrning sonida ham emas. Bu soniyada ko’rishingiz kerak bo’lgan kontentga bitta ortiqcha kadrni qo’shib ko’rsatish kontekstida tushuniladigan usul xolos. Umuman olganda, birinchi ommaviy kino tasvirlarning tezligi soniyada bor-yo’g’i 16 kadrni tashkil qilgan. Buning misolini ilk ovozssiz filmlar qahramonlarining ajib haraklarida ko'rishingiz mumkin. Bugungi kunda esa, bu borada har bir mintaqaning kontent va uning uzatish turiga qarab bir necha turga bo'linadigan standartlari mavjud. U FPS - ya'ni, o'zbekchasiga aytadigan bo'lsak "soniyada kadrlar soni" deb ataladi.
Bugungi kunda har bir mintaqaning kontent va uning uzatish turiga qarab turli FPS standartlari mavjud. Ular:
- Kino: 24 FPS uzoq vaqtdan beri kinolentalar uchun o‘rnatilgan standart bo‘lib, inson ko‘ziga tabiiyroq ko‘rinadigan mayinlik effektini yaratadi.
- Televideniye:
- AQSh, Kanada va Yaponiyada (NTSC) - 30 FPS (yoki aniqrog‘i 29.97 FPS).
- Yevropa davlatlari va boshqa PAL mintaqalarda - 25 FPS.
- Internet-kontent va o‘yinlar: Ko‘pincha 30 FPS va 60 FPS ishlatiladi, chunki bu harakatning ravonligini va yaxshiroq reaksiyani ta’minlaydi.
Shu sababli, "25-kadr" atamasi bugungi kunda shartli nom sifatida qabul qilinadi. Aslida uni "subliminal ta’sir" deb atash to‘g‘riroqdir.
TARIXIY KONTEKST VA KATTA O‘YIN25-kadr nazariyasi atrofidagi munozaralar tarafdorlari ikki lagerga bo‘lingan. Bir tomonda, nazariyani qo‘llab-quvvatlovchilar uni ong osti boshqaruvining mukammal quroli deb biladilar va reklama, PR hamda propaganda sohalarida qo‘llanilishi mumkinligini ta'kidlashadi. Ularning fikricha, 25-kadr orqali odamlarni manipulyatsiya qilish mumkin va bu usul hali ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu tarafdorlardan biri, marketing sohasining taniqli vakili Dr. Wilson Bryan Key, o‘zining "Subliminal Seduction" kitobida 25-kadr texnologiyasining iste'molchilarga qanday ta'sir ko‘rsatishini batafsil tahlil qilgan.
Ikkinchi tomonda esa, bu nazariyaga shubha bilan qarovchilar mavjud. Ular Vaykerining tajribalari va natijalarini soxtalashtirganini dalil qilib ko‘rsatadilar va bu nazariyaning ilmiy asoslari yetarli emasligini ta'kidlashadi. Ushbu qarashning tarafdorlari orasida 1984 yilda o'tkazilgan "Public Opinion Quarterly" tadqiqotining mualliflari bor, ular 25-kadr texnologiyasining samaradorligini rad etgan va uning aslida hech qanday ta'sir kuchiga ega emasligini isbotlagan. Federal Savdo Komissiyasi (FTC) va Buyuk Britaniyaning Reklama Standartlari Agentligi (ASA) yashirin xabarlarni reklamalarda qo‘llashni noqonuniy deb hisoblaydi va bunday amaliyotlarni ta'qiqlaydi.
Psixologlar va nevrologlar bu borada yangi tadqiqotlar olib borishda davom etmoqda, lekin hozirgi kunga kelib, 25-kadr texnologiyasining samaradorligi bo'yicha aniq dalillar mavjud emas. 25-kadr nazariyasi inson psixologiyasi va fiziologiyasiga asoslangan. Psixologik jihatdan, yashirin xabarlar insonning ong osti faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin. Fiziologik jihatdan esa, ko‘z va miya bu xabarlarni qanchalik darajada qabul qila oladi, degan savol tug‘iladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson miyasi yashirin xabarlarni qay darajada qabul qilishini aniqlash qiyin, chunki bu jarayon sub'yektivdir.
XULOSA